Telegram Group Search
Korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarda “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihalari amalga oshirilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarda muayyan muddatga mo‘ljallangan “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.

Loyiha doirasida xalqaro tashkilotlar vakillari, soha ekspertlari va mutaxassislarini jalb etgan holda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarni o‘rganish, korrupsiyaga imkon berayotgan holatlarni o‘rganish va xavflarni minimallashtirish choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.

2024-yilda Agentlik tomonidan “Yuksalish” harakati, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihalari doirasida quyidagi mavzularda tadqiqotlar o’tkaziladi:

“Ipoteka krediti bo‘yicha davlat subsidiyalarini berishdagi nohalollik xavflarini baholash”

“Maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi va nohalollik omillari mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni monitoring qilish”


Ushbu tadqiqotlarni o‘tkazish va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida milliy va xalqaro ekspertlardan iborat Ishchi guruhlar tarkibi shakllantirildi.

Ishchi guruhlari tegishli ravishda Maktab va maktabgacha taʼlim, Raqamli texnologiyalari, Iqtisodiyot va moliya,Adliya,Sog‘liqni saqlash vazirliklari,Soliq qo‘mitasi,Kadastr agentligi,banklar va hokimliklar hamda boshqa mutaxassislarini qamrab olgan.

Tadqiqotlar doirasida har bir Ishchi guruhi yig‘ilishlari o‘tkazib kelinmoqda.

Tadqiqotlarga oid barcha jarayonlar Agentlik rasmiy veb-sayti va OAVda batafsil yoritib boriladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓3-7 iyun kunlari)

Qonunchilikdagi yangiliklar:

▫️5-iyun

📑“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

📑 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori imzolandi.

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 1 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 1 ta so‘rovnoma yuborildi.

🔎Xorazm viloyatida 13 mlrd so‘mlik kompyuter texnikalarini xarid qilishda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holati bo'yicha o‘rganish natijalari e'lon qilindi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza:

📑Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron “project.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan 4 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi.

Komplayens-nazorat:

📌 “Turonbank”, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

▫️7-iyun

📌Maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi va nohalollik omillar" mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni monitoring qilish” haqidagi tadqiqot doirasida ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta‘minlash bo‘yicha:

▫️6-iyun

📌Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:    

▫️4-iyun

📌Agentlik, Bosh prokuratura va Yevropa Kengashi vakillari o‘rtasida Yevropa Kengashi doirasidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlar guruhi (GRECO) ga O‘zbekistonning aʼzo bo‘lishi masalalari muhokamasiga oid onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▫️7-iyun

📌Agentlik hamda BMT GJB Markaziy Osiyodagi mintaqaviy  vakolatxonasi hamkorligida amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 82 ta (shundan 78 tasi jismoniy shaxslardan, 4 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga  jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 95 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

▫️7-iyun

📌Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Agentlik va YXHT o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, missiya rahbari Antti Karttunenni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Agentlik direktori janob elchini yangi lavozimga kirishishi bilan qutladi.

Shuningdek, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini baholash bo‘yicha “open.index” hamda ochiqlikka masʼul xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan “E-learning” platformalarini ishga tushirish, sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda YXHT ekspertlari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, YXHT loyihalari koordinatori mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi islohotlarida hamkorlikni davom ettirish tashkilotning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Muloqotda Agentlik va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari, xususan, “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish" loyihasi doirasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturidagi vazifalar ijrosi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, jumladan, 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Bu borada keng jamoatchilik o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarning samaradorligini baholashga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar, korrupsiya va gender masalalarida tadqiqotlar o‘tkazish, yoshlarga halollik qadriyatlarini singdirishga qaratilgan animatsion filmlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun bilan davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ularni aniqlash va tartibga solishning samarali huquqiy mexanizmi yaratilmoqda.

Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantiruvchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Agentlikning mazkur sohadagi vakolatlari mazkur infografikada batafsil aks etgan.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi — muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaydi.

Ulug' ayyomda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz fayz-u barakasi yanada ziyoda va mustahkam bo‘lishini tilaymiz!


Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓10-14 iyun kunlari)

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 3 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 3 ta so‘rovnoma yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza:

📑Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron “project.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan 8 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi.

Komplayens-nazorat:

📌 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

Agentlik mas'ul xodimlari quyidagi tadbirlarda ishtirok etdi:

▫️14-iyun

📌Moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo institutida “Tijorat banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida o'tkazilgan seminarda;

▫️14-iyun 

📌“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan tashkil etilgan (onlayn) seminarda.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️14-iyun

📌Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtiroki: xorij tajribasi” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:    

▫️11-iyun

📌Agentlik direktori Akmal Burxanov YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, missiya rahbari Antti Karttunenni qabul qildi.

▫️11-iyun

📌Agentlik rahbariyati Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokamasi yuzasidan uchrashdi

▫️10-19-iyun

📌Agentlik xodimlari Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etmoqda.

▫️11-12-iyun

📌Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevropa Kengashining "Markaziy Osiyoda Qonun ustuvorligi dasturi"ning yakunlovchi mintaqaviy konferensiyasi va mintaqaviy boshqaruv qo‘mitasining uchinchi yig‘ilishida Agentlik mas'ul xodimi ishtirok etdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 78 ta (shundan 68 tasi jismoniy shaxslardan, 10 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Rasmiy munosabat:

▫️12-iyun

📌kun.uz saytida “GASN” korrupsiyaga qarshi yetarlicha kurashyaptimi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqola yuzasidan Agentlikning rasmiy munosabati bildirildi.
—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik holatlari uchun javobgarlik choralari kiritilib, BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda;

bir yil davomida takroran sodir etilsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda;  

davlat xaridlari sohasida sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Batafsil infografikada.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
"Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Qarori imzolandi.

Unga ko‘ra:

2025- yil 1-yanvardan  aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi joriy etiladi.  

Virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlik:

o‘qitilishi lozim bo‘lgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantiradi va Akademiya bilan kelishgan holda yillik o‘qitish reja-grafigini tasdiqlaydi;

o‘quv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib boradi;

yangi o‘quv modullarini joriy etish bo‘yicha Akademiyaga takliflar kiritadi;

o‘quv jarayoniga jalb qilingan davlat organlari va tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

Akademiya bilan birgalikda har yili Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot kiritadi.

Virtual akademiyada o‘qitish quyidagi kontingent uchun olib boriladi:

✔️aholi, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;

✔️taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;

✔️davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;

✔️davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.

Virtual akademiyada o‘qitish bazaviy (barcha foydalanuvchilar uchun bepul) hamda maxsus o‘quv kurslari (to‘lov-shartnoma asosida) bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat xizmatchilariga maxsus o‘quv kurslarida malaka oshirish majburiy hisoblanadi, bunda:

🔹ishga qabul qilinganidan so‘ng uch oy ichida o‘quv kursidan o‘tadi;

🔹malaka oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xizmatchilar uchun maxsus kurslar chuqurlashtirilgan o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.

Maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Qaror asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining samarali faoliyatini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari doimiy tarzda o‘z xodimlarining sohasi bo‘yicha malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi.

Quyidagi tartiblar joriy qilinadi:

Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzulari shakllantiriladi;

barcha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari Agentlikka taqdim etiladi;

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan sohada erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha elektron maʼlumotlar bazasini mualliflik huquqlari kafolatlangan holda yuritiladi.

Shuningdek:

🗓2025-yil 1-yanvarga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirish;

🗓2024-yil 1-oktyabrga qadar Virtual akademiyada tashkil etiladigan maxsus dasturlar va kontent ishlab chiqilishi taʼminlanadi.

Taʼlim oluvchilar uchun Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish choralari ko‘riladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓17-22 iyun kunlari)

Qonunchilikdagi yangiliklar:

📑 “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 1 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 1 ta so‘rovnoma yuborildi.

🔎Ibn Sino nomidagi 1-sonli Toshkent shahar klinik shifoxonasi  mansabdor shaxslari tomonidan qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza:

📑Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron “project.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan 4 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi.

Komplayens-nazorat:

▫️20-21 iyun

📌“O‘zavtosanoat” hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:    

▫️17-18-iyun

🔹Agentlik direktori Akmal Burxanov rahbarligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Gruziya davlatiga xizmat safari amalga oshirildi.

🔹 Agentlik va Gruziya korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

▫️21-iyun

🔹Agentlik direktorining o‘rinbosari Umida Tuxtasheva rahbarligidagi delegatsiya Litva Respublikasida o‘tkazilgan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish konferensiyasida ishtirok etdi.

▫️21-iyun

🔹Agentlik masʼul xodimlari “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasining 20-majlisida ishtirok etdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 65 ta (shundan 59 tasi jismoniy shaxslardan, 6 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga  jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 51 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2024/06/30 21:13:49
Back to Top
HTML Embed Code: